DataLife Engine > Жамият > O‘zbek tilidagi qo‘llanma BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining veb-saytida

O‘zbek tilidagi qo‘llanma BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining veb-saytida


23-02-2022, 13:44. Разместил: User

   

    Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

      Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni rejalashtirish va uni o‘tkazishda yordam ko‘rsatish maqsadidaBMTningYevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmativa bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari” nomli qo‘llanma BMT Aholishunoslik jamg‘armasiningtexnik ko‘magi asosida Davlat statistika qo‘mitasining mutaxassislari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi

      Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bshlib, BMTningYevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qo‘llanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari joylashtirilgan xolos). Uning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va BMTningYevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi O‘zbekistondagi islohotlarning, xususan aholini ro‘yxatga olish tadbirinio‘tkazish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.

     Yana bir muhim jihati, o‘zbekcha qo‘llanmaning BMTningYevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga g‘urur bag‘ishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishnio‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarningbilimini oshirib, tadbirning sifatli o‘tkazilishida muhim rol o‘ynaydi.

Jizzax viloyat statistika boshqarmasi

скачать dle 12.0
Вернуться назад