Unda Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i F.Qo‘shaqov so‘z-ga chiqib, hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishi, milliy hunarmand-chilikning yanada rivojlani-shiga zamin yaratish maqsadida tadbirkorlarga talaygina imtiyozlar berilayotganligini ta’kidladi. Sohada tadbirkorlikni rivojlan-tirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘-shimcha chora-tadbirlar to‘g‘ri-sida” Qarori qabul qilingan bo‘lib, unda imtiyozli kreditlar berilishi aniq qilib ko‘rsatilgan. Qarorga muvofiq, tijorat banklari tomonidan 14 foizdan3 yilgacha 6 oy im-tiyozli davr bilan oilaviy mehmon uylari (50 mln. so‘mgacha), xostellar (1 mlrd. so‘mgacha), o‘tov lagerlar majmuasi (300 mln. so‘mgacha), avtokempinglar (3 mlrd. so‘mgacha), eko uylar majmuasi (30 mln. so‘mgacha), konteyner shaharchalar (600 mln. so‘mgacha) va chodirli lagerlar (60. mln. so‘mgacha) tashkil etish uchun kreditlar ajratish belgi-langan. Bugungi kunda ushbu imtiyozli kreditlardan 10 nafar tadbirkor foydalangan bo‘lib, natijada Zomin va Baxmal tu-manlarida bir nechta yangi oila-viy mehmon uylari o‘z ish faoliyatini boshladi.

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1- yanvarga qadar turizm hududlari-da ro‘yxatdan o‘tgan hamda ush-bu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), sav-do, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayot-gan tadbirkorlik sub’yektlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stav-kasi 1 foiz etib belgilangan. Bu yangilik ilk start-ap loyihala-rini amalga oshirmoqchi bo‘lgan yoshlarimiz uchun eng qulay imkoniyatdir. Tadbirkorlikni chek-ka joylarda rivojlantirish maqsa-dida yetib borish qiyin bo‘lgan va aholi yashash punktlaridan kamida 10 km. yoki qattiq qoplamali avto-mobil yo‘llaridan 5 km. uzoqlikda kempinglar hamda “safari” tu-rizmini tashkil etish bo‘yicha say-yohlik xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar alohida avtonom infratuzilmani yaratgan taqdirda mazkur faoliyat turi bo‘yicha yu-ridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etishham belgilab qo‘yilgan.
Viloyatimizdagi tog‘li hududlar-da oilaviy mehmon uylari tashkil etgan tadbirkorlarga kengroq im-koniyat yaratib berish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar Tadbirkor-lik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chekka qishloq va tog‘li joylarda oilaviy mehmon uylari tashkil qilish xarajatlarining 30 foiz gacha, lekin 10 million so‘mdan oshmagan miqdorda, kamida 5 yil davomida faoliyat olib borishi ko‘r-satilgan. Yuqoridagi imtiyozlarning berilishi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yekt-lariga yangi faoliyatlarini bosh-lashlarida keng imkoniyatlar yara-tishi shubhasiz.
Dilorom XOLMURZAYEVA,
Jizzax viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.
скачать dle 12.0