“To‘maris izdoshlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ular-ning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida 2023 yilning 19-yanvarida Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organla-rining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
![]() Mazkur guruhlarning asosiy vazifalari-dan biri o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan qizlar-ning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsata-yotgan hamda ularning huquq va man-faatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi. Guruhlar 2 nafar a’zodan respublika-ning barcha tuman (shahar)larida, jum-ladan, viloyatimizda ham (kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan tuman (shahar)larda 3 nafardan) ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida shakllantiriladi. Guruh a’zolari bir yil davomida o‘qish va ish jarayoniga salbiy ta’sir etmagan holda faoliyat olib boradi. Xolnisa RAHMONQULOVA. (“Jizzax haqiqati”) Рейтинг статьи:
|
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.