Войти
Вход на сайт
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта
Реклама
» » Harakatlanish tezligi 60 kilometrgacha tushirildi

Harakatlanish tezligi 60 kilometrgacha tushirildi

13-02-2023, 14:37
Автор: Admin gazeta
Просмотров: 25
Комментариев: 0
Версия для печати

Harakatlanish tezligi 60 kilometrgacha tushirildi


Viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xiz-mati mutaxassisi Sabohat DAVLATOVA sohada-gi yangiliklar haqida quyidagilarni gapirib berdi:

— Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha res-publika maxsus komissiyasining 2023-yil 17-yanvarkuni tasdiqlangan 3-sonli bayoni 1-ilovasiga asosan, Qoraqal-pog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyat-larning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. Jizzax shahrining 4 ta shohko‘chasida, ya’ni Mustaqillik, Sharof Rashidov, Islom Karimov va Alisher Navoiy ko‘chalaridatransport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrga tushirildi. Endilikdatransport vositalari haydovchilari belgilangan ko‘chalarda tezlikni 60 km. soatdan oshirmasdan harakatlanishlari kerak. Shuni inobatga olgan holda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish hamda haydovchilarni ogohlantirish maqsadida 3.24 yo‘l belgisi o‘rnatiladi. Barcha harakat ishtirokchilaridan, jumladan, haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga va belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

O‘zbekistonda 2023-yilgi davlat dasturi loyihasi muho-kamaga  qo‘yildi. Unda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini «shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun» g‘oyasi asosida isloh qilish ham maqsad qilingan. Ushbu loyihaga ko‘ra, 1-iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlani-shining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 ki-lometrgacha tushiriladi.


V.G‘AYBULLAYEV.

(“Jizzax haqiqati”)

скачать dle 12.0
Рейтинг статьи:
  
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.