Войти
Вход на сайт
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта
Реклама
» » “So‘g‘diyona”ning ilk g‘alabasi

“So‘g‘diyona”ning ilk g‘alabasi

9-02-2023, 11:37
Автор: Admin gazeta
Просмотров: 45
Комментариев: 0
Версия для печати
“So‘g‘diyona”ning ilk g‘alabasi
Avval xabar berganimizdek, “So‘g‘diyona” jamoasi Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Shu jumladan, yig‘in doirasida bir qancha o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish reja-lashtirilgan edi.
Dastlabki bahsda jizzaxliklar Bosniyaning “Sloga Doboj” jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi. O‘rtoqlik bahsi kutil-ganidan ko‘ra tezkor va hujumkor o‘tdi. “So‘g‘diyona” ja-moasi o‘yin mobaynida yaxshi hujumlarni tashkil etdi. O‘r-toqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay ikki jamoa ham darvozalar tomon ko‘plab aniq zarbalar yo‘llashdi. Vakillarimiz Javohir Qahramonovning bir goli va Stanislav Andreyevning dubli evaziga 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
“So‘g‘diyona” jamoasi ikkinchi o‘rtoqlik bahsini Gruziyaning “Saburtalo” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bu bahsda vakillarimiz faol harakat qilib raqib jamoadan ustun ekanligini isbotlab berdi. Jasur Xasanov dastlab hisobni ochgach, yangi legioner hujumchimiz Jenan Zaymovich ikkinchi golni raqib darvoza-siga joylab qo‘ydi. Shu ikki gol jizzaxliklar g‘alabasini ta’minladi.
Eslatib o‘tamiz, xorijdagi yig‘in doirasida jizzaxliklar yana ikki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqishadi.
Vahobjon ABDUG‘ANIYEV.
(“Jizzax haqiqati”)скачать dle 12.0
Рейтинг статьи:
  
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.