Jizzax jamoalari chempionlik uchun davogar
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy liga musobaqasining 7-tur bahslariga yana viloyatimiz mezbonlik qildi. Jizzax FMM zalida o‘tkazilgan futzal uchrashuvlari boshqalaridan yirik hisobdagi natijalari bilan farq qildi. 1-fevraldan e’tiboran Jizzax viloyati nomidan oliy liga bahslarida ishtirok etishni boshlagan “BMB” futzal jamoasi ilk turda Buxoroning “Oil Star” jamoasini 11:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
![]() Keyingi bahs esa yana bir ja-moamiz “Jizzax Kenteks” hamda Chirchiq shahrining “Maksam-Chirchiq” jamoalari o‘rtasida bo‘-lib o‘tdi. Jizzaxliklar 3:2 hisobida g‘olib bo‘lishdi. Kunning so‘nggi o‘yini Olma-liqning “OKMK” va Farg‘ona vilo-yatining “Neftchi” jamoalari o‘r-tasida o‘tkazildi. Bu bahsda olma-liqliklar 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Ikkinchi kungi bahslar “BMB” – “Maksam-Chirchiq” jamoalari o‘r-tasidagi uchrashuv bilan boshlan-di. Anchagina kuchli legionerlarga ega “BMB” jamoasi bu bahsda raqiblar darvozasiga javobsiz to‘rt bor gol kiritib, g‘alabaga erishdi. Ikkinchi bahsda esa “Jizzax Ken-teks” jamoasi “Neftchi” jamoasi bi-lan kuch sinashdi. Futzalchilarimiz 5 ta golni “Neftchi” darvozasiga joy-lab qo‘ydilar. Yakuniy hisob 5:1. Zalga yig‘ilgan ishqibozlar kun-ning so‘nggi bahsida bronza me-dallari zonasida turgan ikki klub “OKMK” – “Oil Star” qarama-qar-shiligiga guvoh bo‘lishdi. Bu uch-rashuv teng kurashlar ostida o‘t-gan bo‘lsada “Oil Star” jamoasi a’zolari kerakli pallalarda xatolar-ga yo‘l qo‘yishdi va ketma-ket o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishdi. Bu bahs “OKMK” jamoasining 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan ya-kunlandi. Uchinchi kungi uchrashuvlarni yana “BMB” jamoasi boshlab ber-di. Ilk bahs “BMB” – “Neftchi” ja-moalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda vakillarimiz raqib darvozasi tomon “gollar yomg‘iri”ni yog‘dirishdi. Bu gal ham “Neftchi” jamoasi bir bor raqib darvozasini ishg‘ol eta oldi. Ammo bunga “BMB” o‘n ikki marotaba javob qaytarib, turning eng yirik g‘alabasini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Navbatdagi bahsda chempion-lik uchun asosiy davogarlardan biri “Jizzax Kenteks” hamda dastlabki ikki bahsda asosiy raqiblaridan yirik hisoblarda mag‘lub bo‘lgan Buxoroning “Oil Star” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bo‘li-mi boshlarida jizzaxliklar 4:2 hiso-bida oldinda borayotgan edi, ammo yakunda “Jizzax Kenteks” jamoasi 4:5 hisobidagi alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Kunning so‘nggi o‘yinida “OKMK” jamoasi “Maksam-Chir-chiq” jamoasi bilan kuch sinashdi. Bu bahsda olmaliqliklar 7:1 hi-sobida “Maksam-Chirchiq” usti-dan g‘alabaga erishdi. Futzal bo‘yicha milliy chempio-natimizning 8-tur bahslari mart oyining oxirgi choragida Olmaliq shahrida o‘tkaziladi. Vahobjon ABDUG‘ANIYEV. (“Jizzaxhaqiqati”)
Рейтинг статьи:
|
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.