Войти
Вход на сайт
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта
Реклама
» » S U B S I D I Y A kimlarga beriladi va qanday hujjatlar kerak?

S U B S I D I Y A kimlarga beriladi va qanday hujjatlar kerak?

21-02-2023, 16:19
Автор: Admin gazeta
Просмотров: 248
Комментариев: 0
Версия для печати

Shuningdek, subsidiya olish uchun arizani aholi bandli-giga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palata-sining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘-limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilingan. Bunda mazkur tashkilotlarning ma’lu-motlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantirilgan.

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritilgan:

yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga bosh-qa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli muta-xassislar va tibbiyot xodimlari.

Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xiz-matlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilin-ganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda davlat xiz-matidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki ma’lumotlarni taqdim etadi:

1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari;

2. Oila a’zolarining, jismoniy shaxsning shaxsiy identifi-katsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvoh-nomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzand-lar mavjud bo‘lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) nusxalari;

3. Belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etil-magan holatda);

4. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);

5. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);

6. Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq dek-laratsiyasi).

Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumot va hujjatlardan tashqari boshqa ma’lumotlar talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari berishi mumkin. Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha sub-sidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1-martidan 1-oktabrigacha etib belgilanadi. Ushbu muddat tugagan-dan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali taqdim etiladigan hujjatlar va ularda ko‘rsa-tilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.

Субсидия от государства: почему отклоняется обращение? - zarnews.uz

Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 25-martdagi 182-son qaroriga ko‘ra quyidagi hollarda ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun berilgan arizalar rad etiladi:

taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;

ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalan-gan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;

joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;

ariza beruvchi va (yoki) oilaning o‘rtacha oylik daromadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;

Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.


Dildora JO‘RABOYEVA,

viloyat adliya boshqarmasining

yetakchi maslahatchisi.


скачать dle 12.0
Рейтинг статьи:
  
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.